Tadbirda Nishon tumani Xalq taʼlimi boʻlimi maxsus taʼmirlash ekspulatatsiya xizmati bosh mutaxassisi J.I. tumandagi 2-sonli maktabning eski binosini buzib olish ishlarini olib borish uchun boʻlim mudiri orqali “hamkorlik” shartnomasi rasmiylashtirib berishi evaziga “Q.T.” MCHJ rahbaridan 5 400 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.