Tadbirda fuqaro R.A. “SH.” MCHJ rahbarining ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida tuman hududidan 5 000 AQSH dollari evaziga qurilish obyektini olib berishni vaʼda qilib, MCHJ ish yurituvchisi A.dan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.