Aslida MCHJga elektr tarmogʻiga ulanishga ruxsat berilgan, ammo oradan 4 oy oʻtishiga qaramay, transformator va elektr energiyasini hisobga olish uskunasi plombalanmagan hamda roʻyxatga olinmaganligidan ushbu qarzdorlik kelib chiqqan.
Elektr energiyasidan foydalanish Qoidalari talablariga koʻra, elektr energiyasini hisobga olish asboblarini oʻrnatish, roʻyxatga olish va plombalash ishlari elektr tarmoqlari korxonasining hududiy tuzilmalari mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.
Biroq elektr tarmoqlari korxonasi zimmasiga yuklatilgan vazifasini bajarmaydi va tadbirkorga asossiz ravishda 1,75 mlrd soʻm qarzdorlik hisoblaydi.
Qoʻmita tomonidan “Toshkent ETK” AJga nisbatan ish qoʻzgʻatilib, “D S S” MCHJga asossiz deb topilgan qarzni hisobdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Mazkur ish boʻyicha elektr tarmoq korxonasining shikoyati Sud tomonidan koʻrib chiqilib, rad qilindi va Qoʻmitaning qarori, koʻrsatmasi oʻz kuchida qoldirildi hamda tadbirkorning manfaatlari himoya qilinishi taʼminlandi.
Taʼkidlash joizki, 2021-yilning oʻtgan davrida Qoʻmita tomonidan tadbirkorlarning 44 mingga yaqin murojaati koʻrib chiqilib, 162,14 mlrd soʻmga yaqin mablagʻ ularning foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.