Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Chilonzor tumani ETK elektr montyori A.J. tadbirkor S.A.ning oziq-ovqat doʻkoniga elektr energiyasidan foydalanish uchun abonent hisob raqami ochib berish hamda elektr hisoblagich oʻrnatib berishi evaziga 380 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.