Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xiva tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazildi.
Unda Xiva tumani yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi yuriskonsulti B.A., “G” MCHJ bilan korxona oʻrtasida tuzilgan shartnoma boʻyicha avans tariqasida oʻtkazilgan 200 mln soʻmga “G” MCHJ tomonidan ishlar bajarilmaganligi sababli hisob raqamiga qoʻyilgan toʻlov talabnomasini tanishlari orqali tegishli maʼlumotnoma berib bekor qildirib berishini aytgan. Xizmati evaziga MCHJ rahbaridan 2 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.