Unda har ikki mamlakatning mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi, deb xabar bermoqda O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi axborot xizmati.

Tadbir “O'zbekiston Respublikasining ekologik muammolarini hal qilishda sinergiya natijalari: davlat, jamoat tashkilotlari, biznes” mavzusiga bag'ishlandi. Mezbonlardan Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov so'zga chiqib, bugungi tadbir, O'zbekiston Respublikasida ekologik xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashda dolzarbligi, shuningdek mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish jarayonini takomillashtirish, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish choralari ko'rilayotganini qayd etib o'tdi. Respublikamiz hududidagi korxonalarda atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida uzoq muddatli maqsadlarga erishish uchun innovatsion texnologik jarayonlardan foydalanish, ekologik toza texnologiyalar, sanoat, xomashyo turlarini, tadqiq etish va rivojlantirishga sarmoya kiritish zarurligigi ta'kidlandi.

Tadbir davomida Rossiyaning “Sovplim” kompaniyasi bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yishga tayyor bo'lgan O'zbekistonning yirik sanoat korxonalari, vazirliklar va idoralari vakillari tomonidan muloqotlar tashkil etildi.

Malumot uchun, “SovPlym” AJ zavodi 1989-yilda tashkil etilgan bo'lib, uning ishlab chiqarish quvvati (maydoni 13700 m²) o'z yopiq texnologik liniyasida oyiga 4000 dan ortiq tayyor mahsulotni (fanatlar, filtrlar, egzoz moslamalari) tashkil etadi.

Qariyib 30 yil mobaynida 40 mingdan ortiq korxona “SovPlym” tomonidan ishlab chiqarilgan asbob-uskunalardan foydalanadi. Gazprom, “Rostec Coorparation”, Rosatom va Rossiya temir yo'llari kabi yirik korxonalar shular jumlasidan.