O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil - Biznes-ombudsman Dilmurod Kasimov Toshkent va Zangiota tumanlari tadbirkorlari bilan uchrashdi.

Toshkent tumani hokimligida o'tkazilgan uchrashuvda Biznes ombudsman tadbirkorlarni qiynayotgan muammolar va ularning takliflari borasida ochiq muloqot qildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan yer maydoni, bino va ob'ektlar, bank krediti olish, kommunal va boshqa sohalardagi jami 18 ta murojaatni o'rnatilgan tartibda ijobiy xal etish bo'yicha tegishli mutasaddilarga aniq vazifa va topshiriqlar berildi.

Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan muammolarni o'rganish jarayonida, asosiy masalalardan biri, yirik ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub'ektlarini kuz-qish mavsumida gaz ta'minotidan uzilishi ekanligi ma'lum bo'ldi.