Qoʻmita texnik nosozlik tufayli solishtirma dalolatnoma boʻyicha ayrim notoʻgʻri maʼlumotlar — soliq qarzdorligi paydo boʻlishi, mablagʻ yechib olinishi va boshqa holatlar aks etishi mumkinligidan ogohlantirdi.

“Vaziyat nazoratga olingan. Hozirda mutaxassislar mazkur muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Nosozliklar bartaraf etilgach, barcha maʼlumotlar tiklanadi, notoʻgʻri yechilgan mablagʻlar qaytariladi. Tushunganingiz uchun rahmat!” — deyiladi qoʻmita rasmiy munosabatida.

Qoʻshimcha qilinishicha, pulni qaytarish uchun yozma murojaat taqdim etish talab etilmaydi — mablagʻlar avtomatik tarzda qaytariladi.