Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kattaqoʻrgʻon shahar boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro B.M. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Kattaqoʻrgʻon shahar jamiyati raisi vazifasini bajaruvchi boʻlgan davrida qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning ishonchiga kirib, ularga ijtimoiy obyektlarda qurilish-taʼmirlash ishlari boʻyicha bosh pudratchilikni olib berishni vaʼda qilib, “B-K.” MCHJ rahbarining 9 000 AQSH dollarini, “U.B.” MCHJ rahbarining 6 100 AQSH dollarini va “D.I.” MCHJ rahbarining 3 000 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.