Tadbirkorlarning 520 mln. so'mlik kredit mablag'larini o'zlashtirgan sobiq bank boshqaruvchisi fosh etildi

    Mazkur holatlar yuzasidan A.G. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzaobod tuman bo'limi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Mirzaobod filialining sobiq boshqaruvchisi A.G. tomonidan “T.P.” fermer xo'jaligi rahbarining xabardorligisiz uning nomidan 17,6 mln. so'm mablag'larni boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ekt hisob raqamiga o'tkazilganligi hamda “D.V.” fermer xo'jaligi rahbari tomonidan kredit qarzdorligini so'ndirish uchun bankka to'langan 17 mln. so'm naqd pullarni o'z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.

    Bundan tashqari, bankning sobiq boshqaruvchisi A.G. 3 ta xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga ularning xabardorligisiz jami 520 mln. so'm kredit rasmiylashtirib, o'z manfaatlari yo'lida ishlatib yuborib, talon-toroj qilganligi fosh etilgan.

    Mazkur holatlar yuzasidan A.G. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.