Tekshiruvda “P.G.” MCHJ ombor mudiri A.Z. va taʼminotchisi R.S.lar oʻzlarining moddiy javobgarligidagi 40 276 AQSH dollarlik uyali aloqa vositalarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Mirobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “W.B.” MCHJ rahbari I.X. “C-T.” MCHJning menejeri S.ning ishonchiga kirib, unga “Moy Agent” tizimi orqali aviachiptalarni sotish bilan shugʻullanishini aytib, “S-G” MCHJga tegishli aviachiptalarni 47 nafar fuqaroga sotib yuborib, jami 161,8 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.