Navoiy viloyati, Navbahor tumanida aholining ijtimoiy hayotini yaxshilash va bandligini taʼminlash maqsadida bir qator salmoqli ishlar olib borilmoqda.
Tumanning “Qorajon” mahallasida istiqomat qilib, “Ayollar daftari” da roʻyxatda turuvchi, tadbirkorlik qilish istagi boʻlgan 60 nafar xotin-qizlarga savat toʻqish yoʻnalishi boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etildi.
Oʻquv kurslari yakunida Navbahor tuman hokimligi tomonidan xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirish uchun imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilandi.