Tadbirda, Davlat xizmatlari agentligining Ishtixon tuman boʻlimi katta mutaxassisi B.R., “B.S.” MCHJga issiqxona uchun ajratilgan yer maydonini tanishlari yordamida tikuvchilik va pishiriq ishlab chiqarish sexi qurishga hujjatlarni tayyorlab berishni 12 000 AQSH dollari evaziga hal qilib berishni vaʼda qilib, shundan 6 000 AQSH dollarini tanishi Sh.R. orqali olgan vaqtida ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.