Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uzun tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Q.R.” MCHJ rahbari N.A. “U.s.” MCHJning issiqxona binosini 3 oy muddatda garovdan chiqarib berishga vaʼda qilgan holda zamonaviy issiqxona qurish uchun hududiy tijorat banki filialidan 1,2 mlrd kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni boshqa maqsadlarda sarflab talon-toroj qilganligi hamda 167,6 mln soʻm soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlamaganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 184-moddasi (soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.