Tadbirkorning mulkini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

    2,5 mlrd soʻmlik 92 turdagi elektr uskunalarini boshqa shaxslarga sotib yuborgan.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “F.M.” MCHJ ombor mudiri A.N. va sotuvchilari B.E. va D.I. oʻzlarining moddiy javobgarligidagi xorijda ishlab chiqarilgan jami 2,5 mlrd soʻmlik 92 turdagi elektr uskunalarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, oʻzlashtirganliklari aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.