Tadbirda tuman elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi Oʻ.T. tadbirkor Sh.ning savdo doʻkonidagi elektr energiyasidan 5 mln soʻm qarzdorligini tanishlari yordamida yoʻq qilib berish va yangi elektr hisoblagich oʻrnatib berish evaziga 2,5 mln soʻmni firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.