Eng yomoni, yaqin kelajakda koʻrsatkichlar yanada yomonlashishi mumkin. Xususan, xalqaro tadqiqotchilar guruhi tomonidan olib borilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, 2050-yilga borib, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligiga chalinish holatlari 23 foizga oshishi prognoz qilinyapti. 

Yaʼni olimlar kelgusi 26 yil ichida 25 yoshdan oshgan 592 million kishi xuddi shu xastalikdan aziyat chekishini yangi statistik model asosida hisoblab chiqdi.

Mazkur patologiya koʻproq Janubiy Afrika, Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasida joylashgan mamlakatlar aholisi, ayniqsa, ayollar salomatligiga xavf solishi taxmin qilinyapti.

Tadqiqotchilarning eslatishicha, surunkali obstruktiv oʻpka kasalligini keltirib chiqaruvchi eng katta omil — chekish! Bu xastalik kashandalarning odatiy patologiyasi.

Ayniqsa, yangi asrda keng ommalashayotgan elektron sigaretalar kasallikka qarshi kurashishga masʼul oq qon hujayralari faoliyatini izdan chiqarishi aniqlangan. 

Qolaversa, atmosferaning ifloslanishi, turli infeksiyalar, ginetik va boshqa omillar ham nafas yoʻllari shilliq qavatining gʻayritabiiy yalligʻlanishiga taʼsir koʻrsatadi.