Aytish joizki, kimyoterapiya bugungi kunda onkologik xastaliklarga qarshi asosiy vositalardan biri. Buning uchun odatda foton nurlanish usulidan keng foydalaniladi.
Biroq soʻnggi izlanishlar flesh-terapiya deb nomlangan proton nurlanish samaradorligi yuqoriligini tasdiqlamoqda. Chunki bu usul sogʻlom toʻqimalarga kamroq zarar yetkazishi bilan ajralib turadi.
Tadqiqotchilar xulosasiga koʻra, flesh-terapiya anʼanaviy nur muolajalariga nisbatan nojoʻya taʼsirlar xavfini uchdan ikki qismga kamaytiradi.
Qolaversa, davolash kursi faqat bir martalik va uning davomiyligi atigi bir soniyaga teng. Zarrachalar massasi katta boʻlganligi sababli proton nurlari bemorning kasallikdan zararlangan qismiga aniqroq yoʻnaltiriladi. Bu esa qoʻshni toʻqimalar va organlarga minimal darajada salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Olimlar proton nurlanishdan foydalanish metodologiyasi va ekspress seanslar uchun optimal dozalarni ishlab chiqdi. Tez orada flesh-terapiya saraton muolajasida keng ommalashishi mumkin.