Bu jahonda “omikron” shtammining yangi — BQ.1.1 subvarianti  tarqalish xavfi bilan izohlanmoqda. Mutaxassislar unga “serber” deb nom berishgan.

Prognozlarga ko'ra, agar tegishli profilaktik chora-tadbirlar kuchaytirilmasa, ushbu yangi mutatsiya yaqin kelajakda dominant versiyaga aylanishi mumkin.

Xususan, Shveytsariyaning Bazel universiteti Biologik markazi tadqiqotchisi K.Roemerning ta'kidlashicha, noyabr oyi oxirigacha Yevropa va Shimoliy Amerika qit'alarida “serber” qolgan subvariantlarni “siqib chiqarishi” ehtimoli mavjud.

Qolaversa, BQ.1.1 tez tarqalish xususiyatiga ega. Ya'ni u bir hafta ichida ikki baravar ko'paya oladi.

Xo'sh, bunga qarshi qanday samarali kurash olib borish mumkin?

Ekspertlar xulosasiga ko'ra, SOVID-19dan himoyalanishning eng samarali chorasi kasallikka qarshi buster dozada emlanishdir.