Tadqiqotlar ayollar miyasining erkaklarnikiga nisbatan mukammalroq ekanligini aniqladi

    New-York Times nashrida 2025 yil 5 mart kuni ayollar miyasining sirli jihatlari tadqiqotiga oid maqola e'lon qilindi.

    Olimlar ayollarda miya qarishini sekinlashtirishga yordam beradigan genni aniqlashdi hamda gormonal terapiya, menopauza va altsgeymer kasalligi o'rtasidagi bog'liqliklarni o'rganishdi.

    Tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha ayollar miyasining erkaklar miyasiga nisbatan bitta ustunligi bor – u sekinroq qariydi.

    Bu kashfiyot ayollar va erkaklarning ikkalasiga ham qarilikda kognitiv funktsiyalarni yo'qotishning oldini olishda yordam berishi mumkinligini anglatadi.

    Mazkur tadqiqot Science Advances jurnalida chorshanba kuni e'lon qilindi. Jurnal shuningdek, ayollar miyasi bo'yicha yana ikkita tadqiqotni nashr etdi. Ulardan biri gormonal terapiyaning miya faoliyatiga ta'siri haqida bo'lsa, ikkinchisi menopauzaning boshlanish yoshi va altsgeymer kasalligi xavfi o'rtasidagi bog'liqlikni o'rgangan.

    Miyani yoshartiruvchi gen

    Olimlar miyadagi qon shakar sarfini o'rganish jarayonida, ayollarning miyasi metabolik jihatdan yillar davomida erkaklarning miyasidan yoshroq ekanligini aniqlashdi.

    Boshqa tadqiqotchilar DNK dagi belgilarga asoslanib, ayollar miyasi erkaklarnikidan taxminan bir yil yoki undan ham yoshroq ekanini qayd etishgan.

    Sog'lom, keksa odamlarning kognitiv qobiliyatlarini o'rganish davomida ham ayollar xotira va idrok jihatidan o'z yoshidagi erkaklardan yaxshiroq natijalarga ega ekanligi aniqlangan.