Dastlabki kuni yurtimiz vakillari bir oltin, bir kumush va bitta bronza medalni qoʻlga kiritgan edi.
Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabariga koʻra, ikkinchi kuni ham uch nafar hamyurtimiz sovrindor boʻldi.
-45kg vazn toifasida Behruz Salimov barcha raqiblarini taslim qilib, OLTIN medalga sazovor boʻldi.
+65kg vaznda Javohir Xidoyatov ham musobaqada barchadan kuchli ekanini isbotladi va OLTIN medalni qoʻlga kiritdi.
-55kg vazn toifasida esa hamyurtimiz Aminaxon Kamalova yarim final bosqichiga qadar yetib bordi, BRONZA medali sohibasiga aylandi.
Ikki kun yakuniga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi hisobida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medal mavjud.