Musobaqada oʻzbekistonlik 16 nafar taekvondochi ishtirok etdi va ularning 10 nafari sovrindor boʻldi. Laylo Hasanova barcha raqibalarini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Eʼtiborlisi, musobaqa tashkilotchilari aynan Laylo Hasanovani “eng yaxshi qiz taekvondochi” deb topishdi.
Jahon chempionatida sovrindor boʻlgan barcha oʻzbekistonlik taekvondochilar bilan tanishing:
Oltin — Laylo Hasanova.
Kumush — Dilmurod Maʼrufjonov.
Bronza — Sofiya Xan,
Bronza — Ahadjon Muxtorov,
Bronza — Javohir Hidoyatov,
Bronza — Nigora Aʼzamjonova,
Bronza — Omina Ergasheva,
Bronza — Rozalina Tolibjanova,
Bronza — Ominaxon Kamalova,
Bronza — Mubina Bobosaidova.