Bu haqda "Dunyo" Axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatimiz Bosh konsulxonasi maʼlumotiga koʻra, muqaddam Tailandga fuqarolari vizasiz kirishi mumkin boʻlgan davlatlar soni 57 ta edi. Roʻyxatga yangi kiritilgan 36 ta davlat qatorida Xitoy, Hindiston, Qozogʻiston va Oʻzbekiston ham bor.
Yangi tartib barcha chegara postlari orqali Tailandga tashrif buyuruvchilar uchun amal qiladi.
Oʻz navbatida, mazkur tartib Tailand hukumati tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida bir tomonlama joriy etildi va maʼlum muddatdan soʻng bekor qilinishi ham mumkin.
Tailand TIV maʼlumotiga koʻra, Oʻzbekiston va Tailand oʻrtasida oʻzaro vizadan ozod qilish boʻyicha ishlab chiqilayotgan hukumatlararo kelishuvlar yuzasidan muzokaralar davom etmoqda.
15-iyulga qadar Oʻzbekiston fuqarolari aeroportga kelganlarida 60 AQSH dollari evaziga 15 kunlik turistik viza olishlari mumkin edi.