Tailand poytaxti hafta o'rtasidan beri xavfli darajaga yetgan havo sifatini yaxshilash uchun chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda, IQAir ma'lumotlariga ko'ra, havo sifati indeksi (AQI) 159 ga yetdi. Shahar rasmiylari 352 maktabni yopishga ruxsat berishdi va odamlarga uydan ishlashni tavsiya qilishdi.

AQI ko'rsatkichi 100 dan yuqori bo'lsa, sog'liq uchun zararli deb hisoblanadi, 200 dan yuqori bo'lsa, juda zararli deb baholanadi.

Poytaxt gubernatori Chadchart Sittipuntning ta'kidlashicha, havoning ifloslanishining ko'payishi ekinlar va chiqindilarni mavsumiy yoqish oqibatidir.

Bangkok IQAirning dunyoning eng iflos shaharlari reytingida yettinchi o'rinni egalladi, deb xabar beradi report.az.