Reuters agentligining xabar berishicha, voqea Bangkok yaqinidagi Samut-Sakon viloyatida sodir bo'lgan. Kran yo'l o'tkazgichga qulab tushdi va ikkita transport vositasini bosib qoldi.
Transport vaziri Pxipxat Ratchakitprakarn ikki kishining o'limini tasdiqladi va voqea joyidagi vaziyat xavfliligicha qolmoqda, deb ta'kidladi. Uning qo'shimcha qilishicha, odamlar vayronalar ostida qolib ketgan bo'lishi mumkin.
“Takroriy qulash bo'lishi mumkinmi yoki yo'qmi, ayta olmaymiz”, dedi vazir osilib turgan po'lat konstruktsiyalarga ishora qilib. “Shuning uchun voqea joyida qutqaruvchilar yo'q – u yerda faqat xavfsizlikni baholovchi guruhlar ishlamoqda”, deya qo'shimcha qildi u.
Kecha Tailandning shimoli-sharqida qurilish krani yo'lovchi poezdiga qulab tushishi oqibatida 32 kishi halok bo'lgan edi, deb xabar berdi report.az.