“Taksi”dagi shaffoflik 6 trln soʻmlik aylanmani koʻrsatdi — Soliq qoʻmitasi

    Soliq qoʻmitasi yaqin vaqtgacha soyada boʻlgan taksi bozorini qonuniylashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.

    Soliq qoʻmitasi yaqin vaqtgacha soyada boʻlgan taksi bozorini qonuniylashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida hisobot berdi.

    Taʼkidlanishicha, 2024-yil Oʻzbekistonda taksi bozorini legallashtirish yoʻlidagi muhim bosqich boʻldi. Soliq qoʻmitasi ushbu sohadagi shaffoflikni taʼminlab, agregatorlar integratsiyasi orqali qonuniy aylanmani oʻsishiga va yashirin faoliyat ulushini kamayishiga erishdi.

    2024-yil yakunlariga koʻra, 155 ta taksi agregatori soliq organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Oʻtgan yili aprel oyida 6 ta, avgustda 142 ta edi.

    Jami 320 mln marta yoʻlovchi tashish amalga oshirilgan. Yoʻlovchi tashish aylanmasi 5,9 trln soʻmga yetdi.

    Shundan:

    • 4,5 trln soʻm yoki 76,3% – naqd toʻlovlar;
    • 1,4 trln soʻm yoki 23,7% – naqdsiz toʻlovlar.
    • Oʻrtacha bitta chek 18 456 soʻmni tashkil etgan (avgustda 18 000 soʻm).

    Agregatorlar orqali yoʻlovchi tashish bilan 498 mingga yaqin oʻzini oʻzi band qilgan haydovchilar shugʻullanmoqda. Haydovchilarning yarmidan koʻpi (57 foiz) 30-50 yoshda – 283 680 kishi, 30 yoshgacha – 179 245 kishi (36 foiz), 50 yoshdan kattalar – 35 004 kishi (7 foiz).

    Shundan ayol haydovchilar soni deyarli 4 barobarga oshgan. Oʻtgan yil boshida 1 053 nafar, yil oxiriga kelib 4124 nafar ayol faoliyat yuritmoqda.

    Yil davomida taksi xizmatini koʻrsatgan 4,7 mingga yaqin haydovchi 100 mln soʻmdan ortiq daromad olgan:

    • 50-100 mln soʻm – 23,1 ming haydovchi;
    • 10-50 mln soʻm – 114,6 ming haydovchi;
    • 5-10 mln soʻm – 63,5 ming haydovchi;
    • 1-5 mln soʻm – 136,4 ming haydovchi;
    • 1 mln soʻmgacha – 155,5 ming haydovchi.

    Eng koʻp foydalanilayotgan avtomobillar:

    • Nexia – 17,8%;
    • Cobalt – 16,9%;
    • Lacetti – 13,9%.

    Elektromobillar esa 1,2%ini tashkil etadi.

    Avtomobillarning yoshi (ishlab chiqarilgan yiliga asoslangan):

    • 1-3-yil – 10,4%;
    • 3-5-yil – 9%;
    • 5-10-yil – 23,6%;
    • 10-yildan ortiq – 56,9%.

    Agregatorlar 2024-yilda 156,8 mlrd soʻm soliq shundan, QQS 66,2 mlrd soʻm toʻladi.