Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda maʼlum boʻlishicha, fuqaro R.F. pandemiya sharoitida aholining isteʼmol talabi yuqori boʻlgan dori vositalarini qimmat narxlarda sotish orqali daromad orttirishni koʻzlaydi.
U shu niyat bilan Fuqaro X.ga 206 dona “DESREM Remdesivir for injection” dorisini tegishli hujjatlarsiz 140 mln soʻmga sotayotgan vaqtida ushlandi. R.F.dan umumiy bahosi 179,3 mln soʻmlik dori ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.