Unda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova, Koreya Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi huzuridagi harbiy attashesi, polkovnik Pak An So, “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Agentlik rahbari Hilola Umarova soʻzga chiqib, talabalarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi va ularning keyingi faoliyatida zafarlar tiladi. Shundan soʻng gʻolib jamoalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.

Hakamlar hayʼati tomonidan berilgan ballar taqsimotiga koʻra quyidagi talabalar gʻolib deb topildi va shu yilning Iyul oyida Janubiy Koreyaning HYUNDAI MOTORS kompaniyasi laboratoriyasida ikki haftalik amaliyot oʻtash imkonini qoʻlga kiritdi:

1. Kodirbek Otayev boshchiligidagi jamoa:

Jamoa aʼzolari: Diyorbek Usmanov, Behruz Kuranboyev, Shahriyor Shernafasov, Javohir Jumaboyev

Loyiha nomi: GES

Ball: 86,28

2. Zarshedjon Nasimov boshchiligidagi jamoa

Jamoa aʼzolari: Behzodjon Mahamadjonov, Shahzodbek Kamolov, Suhrobjon Jalolov, Sarvarbek Azimjonov

Loyiha nomi: HESP

Ball: 84,68

3. Sirojiddin Usmonov boshchiligidagi jamoa

Jamoa aʼzolari: Sanjar Totliboyev, Muqaddas Husniddinova, Abdurahim Abdugʻofurov, Zuhriddin Faxriddinov

Loyiha nomi: Bright Future

Ball: 83,12

Shu kunning oʻzida, Agentlik tizimidagi Yangi Oʻzbekiston universiteti va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida taʼlim, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar sohasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.