Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hamkorligida oʻtkazilgan mukofot jamgʻarmasi 100 ming AQSH dollariga teng boʻlgan tanlovda talabalar 5 ta yoʻnalishda oʻzlari ishlab chiqqan mobil ilovalar bilan ishtirok etdi.

Tanlov yakunlariga koʻra, masofaviy taʼlimga moʻljallagan “Roboteach” android ilovasini yaratgan jamoa faxrli birinchi oʻrinni egalladi.

“Roboteach” masofaviy taʼlimga oid android ilova boʻlib, unda ingliz tilini oʻrganish uchun video dastur va testlar yuklangan. Ilovada ingliz tilining boshlangʻich bosiqchdagi darslari oʻzbek tilida tushuntirilgan boʻlib, mavzular murakkablashgani sari darslar ingliz tilida tushuntiriladi.

TATU Qarshi filiali, Qarshi davlat universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent transport universiteti talablaridan tashkil topgan jamoa 50 ming AQSH dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

TATU oʻqituvchi va talabalari tomonidan iborat jamoa tomonidan imkoniyati cheklangan insonlar hayotini yengillashtirish yoʻlida ishlab chiqilgan “Sahiya” ilovasi 3-oʻringa sazovor boʻldi. Dasturchilar 20 ming AQSH dollari miqdorida mukofot bilan taqdirlanadi.

“Sahiya” – nogiron kishilarga, shuningdek, sogʻlom odamlarga hayotining turli jabhalarida yordam berishga moʻljallangan universal tizim. U koʻp qirraliligi, sozlash osonligi uchun ham yosh va keksa odamlarga mos keladi.