Talabalar uchun bir nechta yoʻnalishlarda qoʻshimcha avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyildi

    Transport 31 Avgust 2023 944

    2023-2024-yil oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan talabalarni oʻz vaqtida yetib borishlari uchun quyidagi yoʻnalishlarda qoʻshimcha avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyildi.

    Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

    – Urganch-Toshkent

    – Xiva-Toshkent

    – Buxoro-Toshkent

    – Toshkent-Gʻijduvon

    – Toshkent-Qorakoʻl

    – Toshkent-Shofirkon

    Shuningdek, Vobkent, Jondor va Olot tumanlaridan 2023-yilning 3-sentyabr kuniga qadar qoʻshimcha avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilmoqda.

    Qayd etilishicha, avtobuslar chiptalarini Urganch shahridagi avtovokzaldan, Buxoro shahridagi avtoshox bekatidagi chiptaxonadan yoki elektron (https://avtoticket.uz/) tarzda xarid qilish mumkin.