Talabalar uchun poyezdlarga chegirmalar eʼlon qilindi

    Transport 12 Dekabr 2023 896

    Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.

    Bu haqda “Oʻztemiryoʻlovchi” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

    Taʼkidlanishicha, chegirmalar 25.12.2023 dan 7.01.2024 ga qadar oʻrnatilgan tartibda barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarning temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV /VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdidan tashqari) amal qiladi!

    "Chiptalarni sotib olish uchun pasportingiz bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishingiz yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishingiz mumkin!” - deyiladi xabarda.

    Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun:

    Aloqa markazi: 1005

    Ishonch telefoni: +998 71 299 94 50