Talabalar uchun to'lov-kontraktni to'lash muddati uzaytirildi

    Ta'lim 22 Sentabr 2023 1566

    Birinchi kursga tavsiya etilganlar uchun to'lov-kontrakt mablag'larini to'lash muddati uzaytirildi.

    Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan, ko'pchilik abiturientlar va ularning ota-onalari hamda oliy ta'lim muassasalari rektorlarining murojaatlarini inobatga olib, 2023/2024-o'quv yilida oliy ta'lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to'lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar o'qishi uchun to'lov haqini o'tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so'nggi muddati 2023 yilning 15-oktyabr etib belgilandi.

    Еslatma: amaldagi tartibga ko'ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to'lash muddati OTM rahbarining buyrug'i bilan uzaytirilishi mumkin.