Yangi turarjoy binosi ochilish marosimida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Otabek Mahkamov, viloyat hokimi oʻrinbosari Sanʼat Salayev, institut professor-oʻqituvchilari va faxriylar ishtirok etdi.
Yangi talabalar turarjoyi 7 qavatli qilib qurilgan. U 600 oʻrindan iborat boʻlib, xususiy tadbirkor “Diyorbek-Safarmurod” MCHJ tomonidan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida zamonaviy talablarga mos holatda barpo etilgan.
Yoshlarga yanada qulaylik yaratish uchun turarjoyda oshxona, kir yuvish xonalari tashkil etilgan. Shuningdek, registrator ofisi boʻlimi, galereya, psixolog, yoshlar yetakchisi, koordinatorlar,maʼnaviyat, besh tashabbus, til markazi xonalari mavjud.
Hamkorlik materiali