Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, 2021 yil 1 maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo'lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to'lanadigan oylik ijara to'lovining 50 foizi budjet mablag'lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan.
Ijara pulining 50 foizi Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha (hozirda 300 ming so'm), qolgan hududlarda esa BHMning 0,5 baravarigacha (hozirda 150 ming so'm) davlat oliy ta'lim muassasalarining kunduzgi ta'lim shaklida, davlat granti yoki to'lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi.