Unda fuqaro B.A. va boshqalar fuqaro A.ni Qirgʻiziston Respublikasining tibbiyot yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kiritib, keyinchalik oʻqishini Andijon davlat tibbiyot institutiga koʻchirish masalasini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga oldindan kelishilgan 7 300 AQSH dollari hisobidan 35,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Yuqorichirchiq tuman boʻlimi hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.I. boshqa bir fuqaroni Chirchiq pedagogika institutiga kontrakt asosida ushbu institutda ishlovchi tanishlari orqali oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, oldindan kelishilgan 3 000 AQSH dollari hisobidan 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Muqaddam 4 marotaba firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan fuqaro N.T. fuqaro T.ning oʻgʻlini Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasiga tanishlari orali oʻqishga kiritib qoʻyishga ishontirib, evaziga 1 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida Departamentning Muzrabot tumani boʻlimi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Buxoro tuman boʻlimi hamda DXXning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.Q. boshqa bir fuqaroning hujjatlarini transfer.dtm.uz saytida roʻyxatdan oʻtkazib, Qozogʻiston Respublikasidagi institutga bormasdan turib bir yil oʻqiganligi haqida sertifikat va transkript hujjatlarini tanishlari orqali tayyorlab berishi evaziga 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departament hamda DXXning Samarqand viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, Samarqand davlat chet tillar instituti fakultet dekani oʻrinbosari S.I., fuqaro N.ning ushbu institutda taʼlim olayotgan qizini yakuniy nazorat imtihonidan oʻtkazib berish evaziga 550 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.