Davlatimiz rahbari oʻqitish metodikasi, darsliklar, partadan tortib, binosigacha toʻliq qayta koʻrib chiqilishini taʼkidladi. Muallimlarga munosib sharoitlar yaratiladi, ularning bilim va malakasi, dars oʻtishiga talab ham tubdan kuchaytiriladi.
Tuman, viloyat va respublika darajasida Maktab taʼlimini isloh qilish kengashlari tuziladi.
"Respublika kengashiga shaxsan oʻzim rahbarlik qilaman. Tuman va viloyat kengashlariga esa hokimlar bosh boʻladi.
Nima uchun, kengashlar qilyapmiz? Chunki bu ishlarni, albatta xalqimiz bilan, keng jamoatchilik bilan kengashib, ularning fikrlari asosida amalga oshiramiz. Har bir yangilikni oʻqituvchilar, mutaxassislar, ota-onalar bilan bamaslahat kiritamiz", dedi Prezident.