Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risida memorandumlar imzolash marosimi bo'lib o'tdi.
Ma'lumot uchun, 2020 yilda taqdim etilgan 8,2 million davlat xizmatlarining atigi 16 foizidan onlayn formatda foydalanilgan.
Ushbu memorandumlarda hamkorlik doirasida 590 mingdan ziyod talaba va 41 mingdan ortiq professor-pedagoglar, 504 mingga yaqin o'qituvchi hamda 439 ming maktab bitiruvchisi, shuningdek, maktabgacha ta'lim sohasining 100 mingga yaqin xodimini elektron xizmatlardan foydalanishga o'qitish nazarda tutilmoqda.