Shu munosabat bilan, bugun 9-noyabr kuni bosh vazir oʻrinbosari Begzod Musayev hamda Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov boshchiligida masʼul rahbarlar ishtirokida A.Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti faoliyati oʻrganildi.
Qarorga muvofiq A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti sifatida qayta tashkil etilgan institut faoliyatiga oid vazifalarni amalga oshirish doirasida institut rahbariyati tomonidan ishlab chiqilgan “Tarmoq jadvali” bilan tanishishdi.
Shuningdek, bosh vazir oʻrinbosari B.Musayev A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutitining xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlash, sohaning dolzarb muammolarini tadqiq qilish asosida uni rivojlantirishning yaqin va uzoq muddatga moʻljallangan strategiyasini belgilash, umumiy oʻrta taʼlimni tashkil qilish va rivojlantirish boʻyicha kompleks ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, xalq taʼlimi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali shakl va metodlarini yaratish va joriy etishga doir tadqiqiqotlarni amalga oshirishi boʻyicha koʻrsatmalar berib oʻtdi.
A.Avloniy nomidagi malaka
oshirish instituti matbuot xizmati