Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan DXXning harbiy qismi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda, fuqaro Sh.Gʻ. va boshqalar umumiy qiymati 36 mln soʻmlik jami 5 000 quti, fuqaro B.J. va boshqalar umumiy qiymati 57,6 mln soʻmlik jami 8 000 quti “Milano” nomli tamaki mahsulotini sotish maqsadida bojxona nazoratini chetlab, aylanma yoʻllar orqali respublika hududiga olib oʻtayotgan vaqtida ushlanib, tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.