Avvalroq,  ijtimoiy tarmoqlarda "Panorama"  kinoteatrining tarixiy qiyofasi  yo'q qilinayotganligi haqidagi  ma'lumot tarqaldi. Biz Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi me'mori,  yaqinda saroy binosiga tashrif buyurib, ta'mirlash ishlari bilan tanishgan  S. M. Sutyagin bilan bog'lanib, bu masalaga izoh berishini so'radik.

"Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida hammasi joyida, vaziyat nazorat ostida. Olib borilayotgan  ta'mirlash ishlari  me'moriy yodgorlikning tarixiy qiyofasiga putur etkazmaydi.

SHu kunlarda  "O'zbekkino" Bosh direktori Firdavs Abduxolikov va uning xodimlari bilan uchrashuv o'tkazdik. Ayni paytda ular ob'ekt faoliyat olib borishi uchun  vaqtinchalik ishlarni amalga oshirmoqda.

YAqin kelajakda Toshkent xalqaro kinofestivali tiklanadi, ilgari uning asosiy ekrani hamisha Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi bo'lgan.  Buning uchun kapital  ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi,  kinosaroy ichi  keyinchalik qurilgan turli xil  xonalardan xoli qilinadi,  ya'ni hamma narsa sof asl holiga keltiriladi - deya izoh berdi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi me'mori Sergo Sutyagin.