Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda "Panorama" kinoteatrining tarixiy qiyofasi yo'q qilinayotganligi haqidagi ma'lumot tarqaldi. Biz Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi me'mori, yaqinda saroy binosiga tashrif buyurib, ta'mirlash ishlari bilan tanishgan S. M. Sutyagin bilan bog'lanib, bu masalaga izoh berishini so'radik.
"Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida hammasi joyida, vaziyat nazorat ostida. Olib borilayotgan ta'mirlash ishlari me'moriy yodgorlikning tarixiy qiyofasiga putur etkazmaydi.
SHu kunlarda "O'zbekkino" Bosh direktori Firdavs Abduxolikov va uning xodimlari bilan uchrashuv o'tkazdik. Ayni paytda ular ob'ekt faoliyat olib borishi uchun vaqtinchalik ishlarni amalga oshirmoqda.
YAqin kelajakda Toshkent xalqaro kinofestivali tiklanadi, ilgari uning asosiy ekrani hamisha Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi bo'lgan. Buning uchun kapital ta'mirlash ishlari amalga oshiriladi, kinosaroy ichi keyinchalik qurilgan turli xil xonalardan xoli qilinadi, ya'ni hamma narsa sof asl holiga keltiriladi - deya izoh berdi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi me'mori Sergo Sutyagin.