Kuni kecha shunday uchrashuv viloyat pedagoglarini yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi tinglovchilari bilan bo'lib o'tdi.

– Bugun el sevgan ijodkorlar Erkin A'zam, Usmon Azim va Mamatqul Hazratqulovning samarqandlik yoshlarni tarbiyalayotgan o'qituvchilar bilan ijodiy uchrashuv o'tkazayotganligi uchun barchamiz minnatdormiz, – viloyat hokimi Erkinjon Turdimov. – Chunki taniqli insonlar bilan bo'ladigan har bir muloqot yoshlarda kitobxonlik madaniyatini, ma'naviyatni oshiradi.

Uchrashuvda Urgutda tug'ilib o'sgan va poytaxtda turli mas'ul vazifalarda ishlagan taniqli jurnalist, yozuvchi Mamatqul Hazratqulovning ijodi, keyingi yillarda chop etilgan kitoblari haqida so'z yuritildi. Usmon Azim tomonidan o'qilgan she'rlar, Erkin A'zam asarlaridan keltirilgan iqtiboslar ishtirokchilarga ko'tarinkilik bag'ishladi.