Taniqli qiziqchi va soʻz ustasi Valijon Shamshiyev yangi lavozimga tayinlandi

    Mamlakatimizda 6 Oktabr 2021 3118

    Valijon Shamshiyev Toshkent shahri Yashnobod tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori lavozimiga tayinlandi.

    “Hammamizning maqsadimiz bitta - Oʻzbekiston kelajagini yanada gullatib yashnatish va uning uchun farzandlarimizni tarbiyalash. Farzandlar tarbiyasida qoʻlimdan kelgancha sizlar bilan birgalikda xizmat qilaman”, - deb oʻz xizmat vazifasiga kirishdi sanʼatkor.

    Maktabdan tashqari taʼlimni rivojlantirish va yosh avlodning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida ish boshlagan sanʼatkorimizga kelgusi ishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

    Tayinlov Xalq taʻlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshirildi.