Taniqli shoir, nosir, jamoat va davlat arbobi Farmon Toshevning 4 tomlik saylanma asarlari to'plami nashrdan chiqdi

    Birinchi jild qissa va hikoyalardan tashkil topgan bo'lsa, ikkinchi jild kirill alifbosi asosida joylashtirilgan g'azallar o'rin olgan devondir.

    Qo'lingizdagi saylanmadan adib Farmon Toshevning turli yillarda matbuot nashrlarida chop etilgan badiiy-publitsistik maqolalari, zamonamizning ilg'or kishilari haqidagi portretlar, she'rlar, tarixiy va bugungi hayot aks etgan dramalar o'rin olgan.

    Mutolaa davomida o'zingiz ko'rgan, guvoh bo'lgan, dildan his etgan voqelik manzaralaridan cheksiz zavqu shavqqa to'lish bilan birga, og'riqli, lekin hayotbaxsh o'y-hayollarga tolishingiz, shubhasiz.

    Asarlar o'ziga xos ifoda uslubi, badiiy-estetik ta'sirchan vositalarga boyligi bilan o'quvchini e'tiborsiz qoldirmaydi.

    Uchinchi jilddan shoirning saylanma she'rlari o'rin olgan. To'rtinchi jild esa bevosita publitsistika va dramalar asosida tuzilgan.

    Ushbu to'plamni o'qir ekansiz, Farmon Toshev qalamiga mansub turli yillarda yozilgan va o'z o'quvchilariga ega bo'lgan, shu bilan birga, hali o'quvchilar uchun yangi asarlarga ko'zingiz tushadi.

    O'qirmanlarga va muallifga yangi asar muborak bo'lsin.