Mehmonlarni qarshi olgan tuman rahbariyati vakillari ishtirokida oldinda rejalashtirilgan jarayonlar haqida suhbatlar olib borildi.
Tumanda 30 noyabrdan 3 dekabrgacha O'zbek milliy akademik drama teatri spektakllari namoyishi bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda. Mazkur spektakllar tuman hokimligi binosidagi zalda o'tkazilishi ko'zda tutilgan.
Mehmonlar va mutasaddilar mavjud sharoit, imkoniyat va qo'shimcha tashkiliy masalalar bo'yicha joyni ko'zdan kechirdilar.
Tuman hokimligi zali 410 nafar tomoshabinni o'z bag'riga olishi mumkin va spektakllar har kuni 2 seansdan iborat holda 3 kun davomida bo'lib o'tadi. Tuman rahbariyati tomonidan barcha zaruriy qo'shimcha ishlar bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
Munojat Mo'minova