Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi 32 yoshli (ayol) Sh.N. oʻzini “Timur” deb tanishtirgan Telegram messenjeri foydalanuvchisi bilan tanishib qolgani va unga oʻzining behayo fotosuratlarini yuborganini, ushbu fotosuratlarini tarqatib yuborish bilan qoʻrqitib, “Timur” undan 1.300 AQSH dollari pul talab qilayotganini maʼlum qilgan.

Oʻrganish davomida, “Timur” ismidan foydalangan shaxs aslida Xorazm viloyati, Urganch shahrida yashovchi 34 yoshli (erkak) F.B. ekanligi, onlayn tanishuvlarda “Timur” ismidan foydalanib kelganligi aniqlandi.

Oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, F.B. talab qilingan pullar oʻrniga fuqaro N.Sh.dan “Samsung Gallaxy S20» telefoni va 100 AQSH dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida qoʻlga olindi. Jinoyat sodir etgan F.B. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, F.B. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.