Bu haqda mamlakat prezidenti Samiya Suluxu Hasan videomurojaatida ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, qutqaruvchilar bino vayronalari ostidan 13 kishining jasadini olib chiqib, kamida 84 kishini qutqargan.
Dar es-Salom mintaqaviy komissari Albert Chalamilning aytishicha, vayron bo'lgan bino yerto'lasida hamon odamlar bor. Ular kislorod va suv bilan ta'minlanganini ta'kidladi.
“Ularning ahvoli barqaror va biz ularni hayotini saqlab, qutqarib qolishlariga ishonamiz”, deya qo'shimcha qildi u.
Hodisa sabablari noma'lum, biroq guvohlarning so'zlariga ko'ra, bunga binoning yer osti qavatlarini kengaytirish ishlari sabab bo'lgan. Qayd etilishicha, Tanzaniya prezidenti Samiya Suluxu Hasan qulash sabablarini aniqlash, shuningdek, bosh vazir Kassim Majaliva boshchiligida Kariakudagi barcha binolarning holatini tekshirishni buyurdi, deb xabar beradi report.az.