Oʻzbekiston Prezidenti huzurida shu yil 27-sentyabr kuni arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan taqdimotda bugun shiddat bilan rivojlanayotgan arxitektura, qurilish va shaharsozlik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro darajaga olib chiqishga doir ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Xususan, Toshkent arxitektura-qurilish instituti faoliyati yaqin kunlarda transformatsiya qilinadi. Universitet darajasiga koʻtariladi, unga akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Oliy taʼlim muassasasi muhandislik, arxitektura, qurilish va qurilish materiallari texnologiyasi, menejment va raqamli qurilish yoʻnalishlariga ixtisosl ashtiriladi. Oʻquv, ilmiy va maʼmuriy jarayonni, moliya-xoʻjalik faoliyatini boshqarish toʻliq raqamlashtiriladi.
Ilgʻor xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlar asosida institutni transformatsiya qilish, taʼlim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni qoʻllash, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, taʼlim — ilmfan — ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, taʼlim jarayoniga innovatsion oʻqitishning shakl va metodlarini, zamonaviy pedagogik, axborot texnologiyalarini keng joriy etish, ilmiy salohiyatni yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Transformatsiya orqali muassasaning oliy kollegial boshqaruv organi sifatida kuzatuv kengashi, maʼmuriy masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish vakolatiga ega kollegial ijro organi — boshqaruv kengashi, ustuvor muammoli masalalarni oʻrganish, ularning samarali yechimini ishlab chiqish, oʻquv va ilmiy jarayonni tartibga solish masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilish vakolatiga ega kollegial organ — universitet kengashi tashkil etiladi.
Taʼlim tizimi ilgʻor xorijiy taj ribani chuqur oʻrganish va tahlil qilish asosida jahonda tan olingan xalqaro taʼlim standartlari bilan uygʻunlashtiriladi. Taʼlim va amaliyot uygʻunligini taʼminlash maqsadida har bir kafedraga ishlab chiqaruvchi korxonalar biriktiriladi. Oliy taʼlim muassasasi huzurida texnopark va ilmiy-tadqiqot ishlanmalari bilan shugʻullanadigan markazlar tashkil etiladi.
Ularda energiyatejamkor qurilish materiallari ishlab chiqish, yetakchi kompaniyalar ishtirokida mahorat darslari va amaliy treninglar oʻtkazish, ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoriylashtirish mumkin. Muhandislik, arxitektura, qurilish va qurilish materiallari texnologiyalari, raqamli qurilish yoʻnalishlariga ehtiyojdan kelib chiqib, mehnat bozoridagi raqobatbardosh oliy maʼlumotli mutaxassislar va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish yoʻlga qoʻyiladi.
Taʼlim jarayoni “fan — taʼlim — ishlab chiqarish integratsiyasi” tamoyili asosida tashkil etilib, talabalar muhandislik, loyihalashtirish, ishlab chiqarish tashkilotlari va ilmiy tadqiqot muassasalariga biriktiriladi. Taqdimotda oliy taʼlim muassasamizga xalqaro tajribaga ega, malakali xorijlik mutaxassislarni jalb etish, mahalliy professor-oʻqituvchilarni chet elga ilmiy stajirovkaga yuborish muhimligi qayd etildi. Bu borada universitet Istanbul texnika universiteti bilan taʼlim hamkorligini yoʻlga qoʻyadi.
Sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish va ularning transferi boʻyicha samarali tizim shakllantiriladi. Ilgʻor muhandislik bilimlari asosida ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaydigan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etiladi. Xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan akademik mobillikni amalga oshirish hamda ularning bitiruvchilariga oliy maʼlumot toʻgʻrisida ikki tomonlama diplom berishga yoʻl ochiladi. Shu bilan birga, taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik va masofaviy taʼlim texnologiyalari, ilm-fan va texnikaning yangi yutuqlari joriy etiladi.
Talabalarning ijtimoiy faolligi oshiriladi, iqtidori, isteʼdodi va tashabbus larini ragʻbatlantirish hamda kelgusi kasbiy faoliyatida oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish tizimi mustahkamlanadi. Muhandislik va texnologiya boʻyicha akkreditatsiya kengashi (ABET), Milliy arxitektura akkreditatsiya kengashi (NAAB) hamda xalqaro eʼtirof etilgan shu kabi boshqa tashkilotlar akkreditatsiyasidan oʻtgan xorijiy oliy taʼlim muassasalari dasturi asosida oʻqitish bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi.
Oliy taʼlim muassasamizda taʼlim jarayoni 2022/2023 oʻquv yilidan bosh lab bosqichma-bosqich davlat tili va boshqa xorijiy tillarda, kredit-modul tizimi (ECTS, US credit, UK credit) asosida olib boriladi. Shuningdek, joriy oʻquv yilidan faoliyatimizda “Raqamli universitet” tizimi joriy etiladi. Asosiy faoliyatidan tashqari uy-joy hamda sanoat qurilishi boʻyicha obyektlar va komplekslarni loyihalash, loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqish, obyektlarning muhandislik tarmoqlari hamda tizimlarini loyihalashtirish, bino va inshootlarning texnik holatini tekshirish, xizmat koʻrsatish, ishlab chiqarish, tijoriylashtirish faoliyati bilan xoʻjalik asosida faoliyat koʻrsatish masalalari ham koʻrib chiqiladi.
Moliyaviy mustaqillik, birinchi navbatda, oʻzini oʻzi boshqarishni taʼminlash boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan, jumladan, xorijdan oʻquv, ilmiy adabiyotlar, darsliklar va oʻquv-metodik qoʻllanmalar, axborot texnologiyalari uchun dasturlar va maʼlumotlar bazalarini xarid qilish imkoniyatini beradi. Oliy taʼlim muassasasida yangi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim boʻ yicha doktorantura ixtisosliklari ochiladi.
Ilmiy darajalar olish uchun nufuzli xalqaro universitetlar bilan hamkorlikda doktorantura taʼlim dasturlari tashkil etiladi. Kelgusi yildan texnopark faoliyati yoʻlga qoʻyiladi va unda ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan texnologik va innovatsion gʻoyalarga yoʻnaltirilgan startap loyihalar rivojlantiriladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Arxitektura va qurilish sohasida raqobatbardosh energiyatejamkor qurilish materiallari hamda dasturiy xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish, innovatsion ishlanmalar ragʻbatlantiriladi.
Yosh olimlarni jalb etgan holda milliy va xorijiy tashkilotlar, jumladan, ilmiy va taʼlim muassasalari buyurtmanomalari asosida texnopark faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Shu bilan birga, ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan texnologik va innovatsion gʻoyalarga yoʻnaltirilgan startap loyihalar rivojlantiriladi.
Iqtidorli talabalar taraqqiy etgan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malaka oshirishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Qurilish sohasida mintaqaviy va xalqaro eʼtiborga sazovor boʻladigan yuqori samarali qurilish materiallari, yongʻin, suv va akustika izolyatsiyas i, zarbli test, strukturaviy tahlil monitoringi, qurilish materiallari sinov laboratoriyalari (klaster) majmuasi tashkil etiladi. Universitetga akademik va moliyaviy mustaqillik berilishi natijasida Osiyo va dunyoning nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari reytingidan joy olishga erishiladi. Taqdimotda koʻrsatilgan vazifalar bu borada muhim omil boʻlib xizmat qiladi.