Olmazor tumanidagi “American Daycare” nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir boʻlgan bu voqea haqida “Millar” koʻrsatuvida batafsil maʼlumot berildi.

Hodisa 22-yanvar kuni kunduzgi uyqu vaqtida yuz bergan. Jabrlanuvchi bolaning onasi soʻzlariga koʻra, tarbiyachi bolasining uxlamaganidan gʻazablanib, unga qoʻl koʻtargan va natijada bolaning burni qonagan. Bogʻcha maʼmuriyati vaziyatni yashirishga urinib, bolaning yuz-qoʻllarini yuvib, kiyimlarini almashtirgan holda onasiga topshirgan. Biroq sodir boʻlgan qoʻpol munosabat fosh boʻlgach, muassasa rahbariyati tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilgan.

Hozirda mazkur holat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan qatʼiy nazoratga olingan. Shu bilan birga, tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.