Xalq tafakkuriga taʼsir qiluvchi falsafiy satrlarda mamlakatimiz yetakchisi Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy jasorati, tarixni qayta yaratishdagi siyosiy irodasi, xalq bilan ruhiy aloqasi va bugun shakllanib borayotgan Yangi Oʻzbekiston tafakkuri uygʻun tarzda ifodalanadi.
1-qism. Davr daʼvosini oʻz yelkasida koʻtargan shaxs
Bugungi dunyodagi har bir voqelik bu — oddiy ax borot emas, balki tarixning beqiyos lahzalarini yozib borayotgan voqeiy satrlardir. U xalqaro munosabat lardagi burilish nuqtasi, millatlar taqdiriga taʼsir oʻtkazuvchi voqelikdir.
Yaqin oʻtmishda kuch, hukmronlik va qudrat armiyalar soni, boyliklar yoki hududlar bilan baholanardi. XXI asr esa bu eski oʻlchovlarni rad etib, tarixni qayta yozish emas, balki uning mohiyatini qayta anglash dav rini boshlab berdi. Hozirgi davr fikrlar, gʻoyalar va shaxslar toʻq nashuvi bilan belgilanadigan intellektual kurash maydoniga aylangan. Gʻoliblik tanklar, soʻnmas shuh rat yoki zoʻravon kuchda boʻlmay, balki ongni egallash, maʼnaviyatni saqlash va tafakkurni yuksaltirishda namoyon boʻlmoqda.
Shu sababdan ham bugun davlat va jamiyat barqa rorligini faqat kuchli harbiy salohiyat orqali taʼ minlab boʻlmaydi. Uning mustahkam poydevori mil latning milliy oʻzligini anglashi, tarixiy xotiraga sadoqati, davlat va mamlakat yetakchisiga ishonchi va maʼnaviy immuniteti qay darajada shakllanganiga tobora bogʻliq boʻlib bormoqda. Jamiyatda qanday ta fakkur shakllansa, uning kelajak xaritasi ham aynan shu tafakkur asosida yaratiladi.
Bugun dunyoda mezonlar almashmoqda: endi taqdirlar ustidan hukmni qurol emas, maʼno, adolat va maʼrifat chiqarayotir. Ana shunday sharoitda xalq oldidagi masʼuliyati va dunyoqarashi bilan ajralib turuvchi yetakchi shaxs jamiyat ongini uygʻotadigan, tafakkur yoʻnalishini belgilaydigan va kelajak manzarasini shakllantiradigan tarixiy obrazga aylanmoqda.
Bu yetakchi voqealar ortidan yurmaydi, balki ularga insonparvarlik va adolat tamoyillari hamda milliy manfaatlar prizmasi asosida yoʻnalish beradi. U tarixga guvoh boʻlish bilan cheklanmaydi, uni yaratadi. Unga shon-sharafdan koʻra xalq xizmatida boʻlish masʼuliyati muhimroq.
Yetakchi obrazini kuzatar ekansiz, xulosaga kela sizki, uning har bir tashabbusida millat tafakkuriga taʼsir qiluvchi gʻoya mujassam. Har bir qarorida shaxsiy emas, balki umummilliy manfaatlar, kelajak avlodning haqi va xalqning umidi gavdalanadi. Shu bois, u qaror qabul qilganda qoʻrqmaydi, masʼuliyat yuki bilan yashaydi.
Bunday yetakchi “Menga ishoning”, deb daʼvat qilmaydi. U shunday yashaydiki, xalqning oʻzi unga ishonishni xohlaydi. Bu ishonch qalbdan qalbga oʻtadigan, ruhiy bogʻliqlikka aylangan inoyatli aloqadorlikdir.
Uning har bir soʻzi xalq xotirasida saqlanadi, amallari esa millat maʼnaviyatida muhrlanadi. Shu bois, u xalq ichida yashaydi — el unda oʻzini koʻradi. Bu yetakchi shaxs el yuragida yozilayotgan tirik tarixdir.
Oʻtmishda ne-ne hukmdorlar, podsholar, sultonlar, amirlar, hatto sohibqironlar oʻtgan. Ammo ularning barchasiga ham shonli tarixni yaratish baxti nasib etmagan. Chunki tarixni yaratish bu faqat kuch yoki taxt emas, balki taqdir yuklatgan masʼuliyatni his etish, zamon tilsimini anglash, har nafasda millatning orzu-umidini yelkada koʻtarish fazilatidir.
Yetakchilik rasmiy maqom yoki martaba bilan emas, balki yurt bilan har kuni birga yashash, xalq dardi bi lan nafas olish, fikrda ham, harakatda ham birinchi safda turish bilan belgilanadigan murakkab va ruhiy holatdir.
Shuning uchun ham bunday yetakchi qidirilmaydi, u xalq qalbida kamol topadi, el ixlosi bilan yuksaladi va tarixning oʻzi eʼtirof etadigan timsolga aylanadi.
Prezidentimiz davr ovozini tinglay oldi, millat bagʻridan kelgan dardni yuragida his qildi. Xalq soʻz laganda minbar talab etilmadi, u el yuragida eshitil di. Shuning uchun ham xalqimiz Shavkat Mirziyoyevni “Mening Prezidentim” deb qabul qildi.
2-qism. Yangi Oʻzbekistonni yaratgan islohotlar daftari: 2016-2025-yillar tahlili
Tarixda inson qadri falsafiy tushuncha sifatida koʻp bora tilga olingan. Ammo u shunday darajada hu quqiy hujjatning yuragiga aylanib, millatning ras miy istiqboli sifatida muhrlangan misollar kam.
2023-yilda qabul qilingan yangi tahrirdagi Kons titutsiya nafaqat huquqiy hujjat, balki xalqning oʻz taqdiri haqidagi falsafiy bayonotidir. Uning birin chi satrlaridanoq “inson qadri” tushunchasi asosiy mezon sifatida belgilandi. Tarixiy voqelik shunda ki, bu tushuncha avvalgi Konstitutsiyalarimizda bunday yuksak falsafiy-huquqiy maqomga ega boʻlmagan.
Bugun esa u davlatning maʼnaviy asosiga aylandi. Millat Konstitutsiyasida birinchi marta jamiyat faqat fuqarolar yigʻindisi emas, balki inson qalbidan, qadridan bosh lanishini eʼtirof etdi. Bundan ham muhimrogʻi — bu jarayon yuqoridan “berilmadi”, xalqning oʻzi tomo nidan shakllantirildi, muhokama qilindi, maʼqullandi. 220 mingdan ziyod taklif, har bir viloyat, har bir toifaning faol ishtirok etishi — uni butun millatning Konstitu siyasiga aylantirdi.
Soʻnggi 8-9-yilda Oʻzbekistonda shunday keng qamrovli va mafkuraviy islohotlar amalga oshdiki, ularni shunchaki “oʻzgarishlar” deb atash tarixga, millat irodasi va yetakchi jasoratiga nisbatan behurmatlik boʻladi.
Bu Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy siyosiy irodasi, xalq ishonchi va umummilliy ruhni uygʻotgan daʼvati bilan amalga oshgan yangi taraqqiyot yoʻlidir. Ushbu davr davlat tuzilishini qayta yaratish, jamiyatni inson qadri asosida formatlash, xalqning ichidagi yuksak salohiyatni erkin rivojlantirish va eng muhimi, millat tafakkurini qaytadan uygʻotish bosqichi boʻldi.
Bugungi oʻzgarishlar koʻlami va taʼsiri jihatidan ellik, balki yuz yillik tarixiy bosqichlarga teng keladi. Chunki ular zamon ni kutmagan, balki zamonning oʻzini oʻzgarti rishga daʼvat etgan islohotlardir.
Aniq misollarni qayd etmaslikning iloji yoʻq, masalan:
Iqtisodiyotda:
- YAIM hajmi 2016-yildagi 66 mil liard dollardan 2024-yilda 114,96 mil liard dollarga yetgan boʻlsa, 2025-yil prognoziga koʻra ushbu koʻrsatkich 127,2 milliard dollardan oshishi kutilmoqda;
- eksport hajmi 2,5 barobarga oʻsdi, valyuta siyosati toʻliq erkinlashtirildi. Bu milliy mahsulotlarimizning tashqi bozorda raqobatbardoshligi ortganini koʻrsatadi;
- 2025-yilning 1-yanvaridan 15-mayigacha boʻlgan davrda Oʻzbekistonda 1,1 milliondan ortiq yangi ish oʻrinlari yaratildi. Bu koʻrsatkich ortida million lab insonlarning turmush darajasi, barqa ror daromad manbalari va kelajakka boʻlgan ishonchi mujassam.
Taʼlim sohasidagi keng koʻlamli islo hotlar:
Yangi Oʻzbekistonda taʼlim endi faqat xizmat sohasi emas, balki milliy taraqqiyot ning ustuvor strategik yoʻnalishiga aylandi. Prezident tomonidan belgilab berilgan in son kapitalini rivojlantirish siyosati asosida quyidagi ilk tarixiy oʻzgarishlar amalga oshirildi:
- 2016-yilda faqat 77 ta boʻlgan OTM soni 2024/2025 oʻquv yilida 213 taga yetdi. Bundan 116 tasi davlat, 67 tasi nodavlat, 30 tasi xorijiy OTM;
- oliy taʼlim bilan 18-23 yoshdagi aho lining qamrovi 47,7 foizga yetdi (2016-yil da 9 foiz edi). Bu oʻzgarish faqat sonini koʻpaytirish emas, balki taʼlim siyosatini xalq manfaatlari bilan uygʻunlashtirishni anglatadi.
- maktab oʻqituvchilarining maoshlari 2,5-3 barobarga oshirildi, ijtimoiy hi moya va motivatsiya kuchaytirildi. Hududlarda 2 ming AQSH dollari miqdorida oylik ola digan oʻqituvchilar kontingenti paydo boʻldi va ularning safi tobora kengayib bormoqda;
- 2016-yilda maktabgacha taʼlim tash kilotlariga qamrov 27 foizni tashkil qil gan boʻlsa, 2025-yilning mos davriga kelib 70 foizdan oshib ketdi.
Sud-huquq sohasida:
- Yangi Oʻzbekistonda sud-huquq tizimi fa qat shaklan emas, balki mazmunan yangilandi. Bu islohotlar davlatning inson manfaatini eng oliy qadriyat sifatida belgilagan siyosa tining amaliy koʻrinishidir.
- Soʻnggi 7-yilda 2,2 million fuqaroning huquq va manfaatlari sudlar orqali tik landi. 2024-yilda 30-yildan soʻng ilk bor Jinoyat kodeksi tubdan qayta ishlandi. “Hech kim qonundan yuqori emas” tamoyi li amalda toʻliq taʼminlanmoqda.
Aholini uy-joy bilan taʼminlash masalasida:
- Bir paytlar uy-joy masalasi xususiy sektorning xohish-istagiga bogʻliq, davlat eʼtiboridan yiroq, nazoratdan tashqaridagi jarayon boʻlgan edi. Lekin soʻnggi toʻqqiz yil mobaynida bu masala milliy siyosat darajasiga koʻtarildi.
- 2017-2024-yillar davomida 420 ming dan ortiq yangi xonadon barpo etildi, shundan kamida yarmidan koʻprogʻi imtiyozli shartlarda aholiga taqdim etildi. Bu raqamlar ortida millionlab insonlarning baxtli turmushi, farzandlarining oʻz xona donlarida ulgʻayishi, kelajakka mustahkam ishonchi mujassam.
Yangi siyosiy boshqaruv modeli — maslahat, ishonch va natijadorlikka asoslangan fuqarolik davlatchiligi
Bugungi yetakchilik buyruq emas — mas lahat, qonuniylik emas — adolat, strategiya emas — inson ruhi bilan olib borilayotgan amaliy siyosatdir.
Har bir farmon va qaror loyihasi xalq ichida pishyapti.
Har bir yigʻilishda yetakchi shaxsan xalq orasida.
Har bir tashabbusdan avval xalqning ovo zi eshitilyapti.
Bu “men rahbarman” degan siyosat emas. Bu “men siz bilanman” degan munosabatning isbotidir.
Shu sababli “davlat — xalq uchun” degan ibora bugun amalda “yetakchi — xalq bilan” shaklida namoyon boʻlmoqda.
2017-yil sentyabrda soʻm bir kunda 1,5 barobarga qadrsizlandi. Bu tarixiy voqelikni oʻsha paytda koʻpchilik tanqid qildi. Ammo bu qaror oʻta ogʻriqli, biroq zarur “qon ketishi”ni toʻxtatgan shifokorning qatʼiyati ekanligini keyinchalik anglab yetishdi. Oʻshandan soʻng valyuta bozori erkinlashdi, eksport-import munosabatlari sogʻlomlash di, xorijiy sarmoyadorlar uchun valyutada da romadni chiqarish kafolati qonuniylashdi, milliy valyutadagi hisob-kitoblar haqiqat ga aylandi.
Bugun esa erkin valyuta siyosati iqtiso diy suverenitetning toʻlaqonli kalitiga aylanib ulgurdi. Endi davlat tashqi dunyoga “bering” demaydi, “keling, sherik boʻling” deya murojaat qilmoqda. Bu nimani anglata di, bu Prezidentimizning siyosiy irodasi bilan qabul qilingan tashabbusli islohot lar voqeligini oldindan prognoz qila oli shini anglatadi.
Prezidentimizning davlat tashriflari va tashqi siyosat: inson qadri sarhadlar ortida ham qadrlanadi
Yangi Oʻzbekistonning tashqi siyosiy fal safasini anglash uchun xaritaga nazar tash lash kifoya qilmaydi, uni qalb bilan his etish, inson qadrini anglash talab etiladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning soʻng gi toʻqqiz yilda amalga oshirgan davlat tash riflari geosiyosiy manfaatlar doirasini kengaytirishdan koʻra inson qadrini yuksal tirish, xalqlar qalbini yaqinlashtirish va hamjihatlikni mustahkamlash gʻoyasiga asos langan.
Bu tashriflar rasmiy protokol ifodasi boʻlishdan ancha uzoq, ular qalbdan chiqqan niyatlar, samimiy soʻzlar va insonparvar yondashuvlarning amaldagi ifodasi boʻldi. Tashqi siyosatda esa tamoman yangi yondashuv shakllandi: endi uning boshlanishi geogra fik chegaralar bilan belgilanmaydi, balki inson qadriga berilayotgan yuksak eʼtibordan boshlanadi.
Xoʻjand shartnomasi: qalblar oʻrtasidagi chegarasizlik
Yaqindagina Xoʻjand shahrida imzolangan Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi uch tomonlama shartnoma tarixdagi oddiy siyosiy hujjat boʻlmay, balki xalqlar qalbi oʻrtasidagi chegarasizlikni muhrlash poydevori boʻldi.
Bu voqelikda eng katta muvaffaqiyat huj jatning huquqiy matnida ifodalanmaydi, uning ortida turgan odamlar, oilalar, qoʻsh nilar, qarindoshlar, mahallalar tinchligi bilan belgilanadi. Millatlararo totuvlik, ijtimoiy hamjihatlik, har bir xonadon dagi xotirjamlik yetakchi tashabbusi bilan boshlangan “dunyoda tinchlik siyosati”ning amaliy natijasidir.
Samarqand sammiti: maʼnaviy diplomatiya maydoni
Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo dav latlari sammiti Samarqandda boʻlib oʻtdi. Bu tadbirga dunyo siyosiy xaritasidagi navbatdagi yigʻilish sifatida qarash notoʻgʻri, bu uchrashuv davlatlararo maʼnaviy diplo matiyaning hayotiy timsoliga aylandi.
Nega aynan Samarqand? Chunki Samarqand tarixda hamisha xalq lar oʻrtasida muloqotning markazi, sivilizatsiyalar koʻprigi vazifasini bajargan.
Bugun esa u tinchlik, barqarorlik va ham jihatlik gʻoyalarining maʼnaviy poytaxtiga aylandi. Ushbu sammit dunyoga bir haqiqatni yana bir bor isbotladi: Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari rasmiy anʼa nalardan uzoq — ular qalbdan kelib chiqqan, millat dardi va mintaqaning istiqbolini his etgan yurakning ifodasi. Bu tashabbuslar nafaqat yurtimiz, balki butun mintaqa kela jagi uchun zarur boʻlgan maʼnaviy va amaliy dastur sifatida shakllanmoqda.
Vengriya va Sloveniya tashrifi: diplomatiya emas, insonparvarlik kooperatsiyasi
Vengriya va Sloveniya davlatlariga oʻtgan hafta amalga oshirilgan rasmiy tashrif — inson qadrini asosga olgan tashqi siyosatning navbatdagi amaliy qadami boʻldi. Bu tashrif raqamlar va rasmiy muzokaralar bilan chek lanmagan holda, Yevropa bilan bagʻrikenglik, ishonch va umumiy qadriyatlar asosidagi ham korlikni mustahkamlashga yoʻnaltirildi.
Davlatlar oʻrtasida farmatsevtika, “yashil” energetika, sanoat kooperatsiyasi va logistika sohalarida erishilgan kelishuv lar iqtisodiy raqamlar ortidagi inson hayotini yaxshilashga qaratilgan strategik yondashuvlardir.
Bu siyosatda asosiy eʼtibor inson kapitaliga qaratildi, xalq manfaati davlat foydasidan ustun oʻringa qoʻyildi. Yangi Oʻzbekiston tashqi siyosati endi sarhadlar, rasmiyat yoki protokollardan koʻra inson qadrini asos deb oldi. Prezident tashriflarining mazmunida geosiyosiy manfaatlardan koʻra inson hayoti, qadriyatlar va maʼnaviy yaqinlik ustuvor oʻrin tutyapti. Ichki siyosatda insonga koʻrsatilayotgan eʼtibor qanday yuksak boʻlsa, tashqi siyosatda ham aynan shunday mehr va masʼuliyat bilan namoyon boʻlmoqda.
Har bir tashrif inson haqidagi tashvish, tinchlik haqidagi falsafa va kelajak haqidagi masʼuliyatni oʻzida mujassam etmoqda. Bu falsafa xalq bilan yelkama yelka yuradigan va dunyo bilan qalb orqali muloqot qiladigan yetakchining siyosiy madaniyatidir.
Bu oʻzgarishlar zamirida faqatgina inson omili turganmidi?
Yoʻq, albatta. Agar bu faqat inson iroda si bilan amalga oshirilgan boʻlsa, bu dara jada keng qamrovli oʻzgarishlar imkonsiz edi. Bu oʻzini anglayotgan millatning yuk salish lahzasi, ilohiy taqdir tomonidan boshlangan islohotlar silsilasidir.
Afsuski, koʻpchilik bu haqiqatni koʻra ol mayapti, his etishga esa urinmayapti. Chunki anglash uchun faqat koʻz yetarli emas, qalb koʻzi ochiq boʻlishi kerak.
Shuning uchun ham haqiqatga nisbatan lo qaydlik jamiyatning eng ogʻir axloqiy dar diga aylanmoqda. Bu dard insonni jimgina yemiradi, qadriyatlarni soʻndiradi, maʼnaviy tayanchlarni siljitadi. Agar xalq oʻz hayotida yuz berayotgan moʻjizalarni his qilmasa, bu haqda boshqalar soʻzlaydi. Lekin u soʻzlar xalqning ichida emas, boshqalarning manfaatlari uchun aytiladi. Haqiqatni xalqning oʻzi anglamasa, uni boshqa kimdir burmasdan tushuntiradi deb kim kafolat bera oladi?
3-qism. Xalq yetakchisi — ishonch, muhabbat va ardoq timsoli
Yetakchi va xalq oʻrtasidagi tabiiy ruhiy bogʻliqlik — tarixda juda kam yuz beradigan ehsosiy (“qalbni qoʻzgʻatuvchi”) aloqa.
Yetakchi va xalq oʻrtasidagi munosabat maʼ muriy vertikal tuzilmadan koʻra qalb tuygʻu siga suyangan tabiiy ruhiy bogʻliqlikdir. Bu qalbdan qalbga tutashtiruvchi maʼnaviy ip, umumiy dard, maqsad va masʼuliyat hissi bi lan bogʻlangan uzviy aloqadorlikdir. Bu aloqaning asosi tashqi koʻrinishda emas, inson qalbidagi samimiyatda namoyon boʻladi. Va u faqat sevgi, muhabbat, mehr va ishonch tuygʻu larida barpo etiladi.
Har qanday davlatning mafkuraviy bar qarorligiga xizmat qiluvchi maʼnaviy immunitet aynan shunday ishonch muhitida, yetakchi shaxs va el ruhi oʻrtasidagi samimiy aloqa larda shakllanadi.
Xalq oʻz yetakchisini ardoqlasa, demak, tan olgan. Asrasa, unga ishongan. Qadrlasa, qalbida oʻrin bergan. Ardoqlash, asrash, qadrlash bu xalq ongida yetakchi siymosi shakllanganining belgisidir. Bunday ru hiy bogʻliqlik esa har qanday maʼmuriy farmondan koʻra kuchliroq, chunki u qalblar ustuvorligiga tayanadi.
El mehri tugʻma ehtiromdan kelib chiqmaydi, u yetakchining jasorati, sadoqati va ogʻir masʼuliyatni yuragida his qilgan holda amalga oshirgan harakatlarining natijasi dir. Xalq ardogʻi buyruq bilan emas, xizmat bilan orttiriladi.
Shuning uchun ham xalq ehtirom koʻrsa tayotgan yetakchi soʻzlari bilan emas, amallari bilan gapiradigan, tarix xotirasida emas, el qalbida muhrlangan shaxsga aylanadi. Bugungi Yangi Oʻzbekiston mafkurasining eng katta yutugʻi xalq davlat bilan muloqotdan koʻra Prezidentimiz bilan toʻgʻridan toʻgʻri ruhiy aloqada boʻlayotganidadir. Shu sababdan ham “muloqot” madaniyati bugungi oʻzbek milliy davlatchiligining aso siy qoidasiga aylanmoqda. Bu xalqning hokimiyat tizimi bilan rasmiy munosabatini anglatmaydi, balki xalq bilan yetakchi oʻrta sida shakllangan qalb aloqasini ifodalay di. Bu ikki tushuncha oʻrtasidagi farq juda katta. Zero, inson faqat rasmiy institut larning yuzidan koʻra yetakchining koʻzini koʻ rishga intilmoqda. Qarorlar ortida yurakni, farmonlar ortida masʼuliyatni, soʻzlar orti da qalbni izlamoqda.
Agar yetakchi xalq ogʻrigʻini his qilayotgan boʻlsa, xalq uni faqat eshitmaydi, balki unga ishonadi. Va ishongan xalqning kelajakka ishtiyoqi oʻsib boradi. Bu ishonch ikki tomonlama. Yetakchi ham xalqqa ishonadi, uni tinglaydi, ovozini eshitadi. Shuning uchun ham har bir farmon ni qabul qilishdan avval keng jamoatchilik fikri inobatga olinadi, har bir islohot ning asoslari el ichida “pishib”, qabul qi linadi.
El va yetakchi oʻrtasidagi tarixiy bogʻ liqlik, manfaatli ishonch muhiti tasodi fiy hodisa emas. Bu yillar davomida sabr, fidoyilik, yuksak masʼuliyat va ochiqlik orqali shakllangan maʼnaviy kapitaldir.
Bunday munosabat siyosiy koʻrinish emas, balki jonli falsafa hisoblanadi. U xalq qal bida yetakchini shunchaki hokimiyat vakili emas, balki millat timsoli sifatida qabul qilishga sabab boʻladi. Shunday yetakchining har bir soʻzi faqat farmon emas, xalq ongining ovozi, qal bining zarbi sifatida yangraydi.
Bunday shaxs millatning faqat kecha va buguni uchun emas, ertasi uchun ham masʼulli gini his qilgan yetakchi hisoblanadi. Va bu tuygʻu xalq qalbida ardoqqa aylanadi.
4-qism. Yangi tafakkur va jamiyatni formatlash jarayoni
“Yangi Oʻzbekiston tafakkuri” tushun chasi keyingi yillarda davlat siyosatining falsafiy asosiga aylanib ulgurdi, desak adashmagan boʻlamiz. Bu tafakkur shuncha ki yangi gʻoya emas, u butun boshli davlat va jamiyat munosabatlarini qayta koʻrib chiqishni taqozo etdi. Eng muhim jihati shundaki, ushbu yondashuvda inson qadri markaziy nuqta sifatida belgilandi. Taʼ kidlash joizki, bugungi islohotlar, qabul qilinayotgan qarorlar, davlat dasturlari, boringki, barchasi inson manfaati, uning orzu-umidlari, hayotda munosib oʻrin topi shiga xizmat qilishga qaratilgani bilan baholanmoqda.
Mazmunan bu holat “davlat xalq uchun” degan yangi formulani hayotga joriy etdi. Ilgari xalq davlatning xizmatchisi sifatida qaralsa, bugun davlat xalqning xizmatchisi ekani amalda namoyon boʻlmoqda. Bu fikr qoʻlbola shior emas, balki Prezidentimizning shaxsiy eʼtiqodi, ichki sadoqati va faoliyatining asosidir.
Bu tafakkur oʻz ifodasini amaliy ta shabbuslarda ham topib bormoqda. Masalan, “Mahallabay” ishlash tizimi davlatning aholi tashvishlarini bilishga, jonli mu loqotga qaratilgan yondashuvini anglatadi. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” kabi me xanizmlar xalqning ogʻrigʻini oldindan his qilish, inson qadrini himoya qilishning institutsional shakllaridir.
Bular shunchaki ijtimoiy chora-tadbirlar emas, balki tafakkurni isloh qiluvchi mafkuraviy vositalardir. Chunki xalq ning davlatga ishonchi uning nafaqat daro mad yoki yordam olish imkoniyati bilan, balki davlatning inson hayotiga qanchalik yurakdan yondashishi bilan belgilanmoqda.
Jamiyatni formatlash tushunchasi ido ralarni qayta tashkil etish, vazifalarni qayta taqsimlashni anglatmaydi. Bu millat ongini, jamiyatning fikr yuritish madaniya tini yangilash jarayonini anglatadi. Avval “ish bitmas” deb isnodlangan idoralarga borayotgan odam bugun dolzarb muammom yechim topadi deb murojaat qilmoqda. Bu ja miyatdagi mental oʻzgarishdir. Bu insonning oʻz davlatini anglashi, oʻz yetakchisini tan olishi va eng muhimi, oʻz qadrini his etishi demakdir.
Eʼtirof etish joizki, yangi tafakkur oʻz mazmun mohiyati bilan xalq ongida davlat timsoliga nisbatan ishonch va inoyat muhitini yaratmoqda. Bu ishonch har bir murojaatda, har bir maslahatda, har bir qabul qilingan qarorda his qilinmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan bu jarayon, oʻz navbatida, butun boshqaruv tizimi, jamoatchilik va oddiy fuqarolargacha yetib bormoqda.
Shu sababli ham ushbu oʻzgarishlarni in son his qilishi tabiiy. Chunki bu oʻzgarish lar uning hayotiga taʼsir qilmoqda: farzan di sifatli taʼlim olmoqda, oilasi davlat dasturlari orqali uyli boʻlmoqda, yoshlari oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun maydon topmoqda.
5-qism. Milliy mafkurani shakllantirishda tarix yaratayotgan yetakchi obrazi
Bugun Yangi Oʻzbekiston gʻoyasi xalq on gida yangi orzu, yangi ishonch va yangi tafak kurni uygʻotmoqda. Ammo har qanday gʻoya jamiyatda mustahkam ildiz otishi uchun u muayyan shaxsga bogʻlangan boʻlishi ham lozim. Masalan, Singapurda Li Kuan Yu, Fransiyada De Goll, Turkiyada Otaturk obrazlari milliy gʻoya, davlat mafkurasi va fuqarolik oʻzligining timsoliga aylanga nidek, Oʻzbekistonda ham “Yangi Oʻzbekis ton orzusi” gʻoyasi shaxs orqali jamiyat qalbiga yetkazilmoqda. Bu shaxs xalq ning ishonchi, elning yelkasi, tarixning bunyodkori boʻlgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdir.
Bu obraz jamiyatda tabiiy ravishda shakllanmoqda. Xalq uni aql bilan baholamaydi, qalb bilan his etadi. Shu bois, ardoqlaydi. Yetakchi har bir farmon, tashrif va muloqot orqali gʻoyani soʻzlarsiz, oʻz shaxsiyati bilan yetkazadi. Yangi Oʻzbekiston gʻoyasi endi qogʻoz yuzasida emas, insonlar ongida va hayot tarzi da oʻz ifodasini topmoqda.
Boshqaruv bu vazifa. Yetakchilik esa tarix yaratishdir. Bu yoʻlda yetakchi xalqning or zu-umidini ohangga aylantiradi, millatga oʻzini tanitish, oʻz qadrini anglash imkonini beradi.
U gʻoya bilan yuradi, gʻoya bilan soʻzlaydi va gʻoya orqali el yuragiga yoʻl topadi. Mana shu fazilat uni davlatning maʼnaviy poydevo riga aylantiradi. Bu haqiqat. Va bu haqiqat xalqning ichida eʼtirof etilgan adolatning oʻzidir.
Dunyo tajribasi, shuningdek, oʻz tarixi miz shunga dalolat bermoqda: xalq ongida chuqur oʻzgarish roʻy berishi uchun gʻoya kerak — gʻoyani harakatga aylantirish uchun esa shaxs. Bunday shaxslar tarixda kam tugʻiladi. Ular xalqni qurbonlikka chaqirmaydi — avval oʻzini fido qiladi.
Amir Temur elni kurashga daʼvat qil masdan avval oʻzi yurish boshlar, masʼuliyat ni yelkasida koʻtarib, birlashtiruvchi gʻoya atrofida millatni jipslashtirgan. Uning ortidan yurgan xalq adolatga ishondi, gʻoyaga ishondi.
Alisher Navoiy xalqqa faqat soʻz bilan emas, amal va qalb bilan xizmat qilgan. U qalam orqali millat maʼnaviyatini uygʻotdi, inson qadrini asosiy mezonga aylantirdi, soʻz orqali xalq qalbiga yoʻl topdi.
Ana shunday shaxslar atrofida millat birlashadi. Chunki ular xalqdan bir narsa talab qilishdan avval xalq uchun yuragi bi lan harakat qiladi. Kelajak gʻoyasi aynan shunday ruhiy yetakchilikda shakllanadi.
Oʻzbekistondagi soʻnggi 8-9-yildagi oʻzga rishlarning tagida ham aynan shunday shaxs timsoli turibdi. Prezidentimizning shax siy faolligi, tashabbuslari, jonbozligi bilan nafaqat davlat tuzilmalari, balki xalqning fikr yuritish madaniyati, ishonch muhiti va orzu qilish qobiliyati ham qayta shakllanmoqda. Prezident xalqqa “men bo raman, men hal qilaman” demaydi, balki “birga boraylik, birga hal qilaylik” deydi.
Shu sababli ham bunday yetakchi obrazi bu gungi jamiyat milliy mafkurasining marka ziy timsoliga aylanmogʻi kerak. Bu obrazni maʼnaviy hayotimizda saqlash, mafkuraviy ilmiy platformalarda tahlil etish, taʼlim tizimida tadqiq etish va keng jamoatchilik tafakkuriga muhrlash davr talabi hisobla nadi.
Biz toʻgʻri anglamogʻimiz lozimki, bu eh tiyoj emas, talabdir, davr talabi. Chunki “Yangi Oʻzbekiston bunyodkori” maqomi bu gun nafaqat tarixiy haqiqat, balki mafku raviy zaruratga ham aylanib ulgurdi. Faqat ijro etiladigan siyosiy qarorlar emas, bal ki xalqning qalbidagi timsollargina mil latni koʻp yillik tinimsiz maʼnaviy hara katda ushlab turishi mumkin.
Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Oʻzbekis tonda yetakchi shaxsning tarixiy missiyasini mustahkamlaydigan institutsional asoslar zarur. Bu tarixiy xotirani tizimlashtirish, mafkurani shaxs orqali mujassamlashti rish, el-yurtni bunyodkor shaxs orqali bir gʻoya atrofida birlashtirish deganidir.
Har bir buyuk gʻoyaga inson qiyofasi kerak. Har bir tafakkur inqilobiga soʻz emas, shaxs kerak. Yangi Oʻzbekiston gʻoyasiga ham xalq koʻz oʻngida turgan, ogoh, sodiq va jasur yetakchi obrazi zarur. Va tarix shunday shaxsni taq dim etdi.
6-qism. Xulosa va umummilliy daʼvat. Tarix yaratayotgan shaxsni anglash millatning yuksalish shartidir
Yangi Oʻzbekiston tarixini har kuni bitta satrdan yozyapmiz. Ammo bu satrlar qogʻoz yuza sida qolmayapti, ular xalq ongida, millat taqdirida va inson qadrida muhrlanmoqda. Ularga mazmun bagʻishlayotgan mustahkam gʻoya uygʻoq tafakkur va xalq bilan nafas oluvchi yetakchi obrazidir.
Maʼnaviy barqarorlik nutqlar yoki maʼ ruzalarga emas, xalq yuragida shakllangan ichki ishonch, fikriy immunitet va maʼnaviy himoya tuygʻusiga suyangan holda quriladi.
Siyosiy barqarorlik institutsional me xanizmlar bilan birga xalq va yetakchi oʻrta sidagi ruhiy tenglik, ishonchli muloqot va maʼrifiy hamjihatlikka tayanadigan murak kab jarayondir.
Fikriy barqarorlik esa shiorlar yoki daʼvatlar orqali emas, balki haqiqatni ang lash, uni shaxsiy qadriyat sifatida qabul qi lish va qalbda saqlash orqali shakllanadigan maʼnaviy holatdir.
Tarixda buyuk shaxslar faqat jang maydonlarida gʻalaba qozonmagan. Ular tafakkur gʻalabasini ham yaratgan, xalqqa kelajakni yaratish uchun yoʻl bergan. Chunki tafakkur tarixni yaratadi. Gʻoya tarixda qola di. Yetakchi esa gʻoyani xalqqa yetkazuvchi tim solga aylanadi.
Shu sababli millat bir narsani anglashi kerak: bugun biz tarixda emas, tarix ichida yashamoqdamiz. Agar buni anglasak, bugungi harakatlarimiz, himoyalarimiz, tafakkuri miz, soʻzlarimiz ertangi avlod uchun qutlugʻ rivoyat, maʼrifatli saboq, milliy iftixor sifatida qolajak.
Yangi Oʻzbekiston yetakchisi oʻz shaxsi bilan himoya soʻrab chiqmadi. Balki xalqni himoya qildi. Prezident jonajon Vatanini dunyo xaritasida iftixor bilan koʻtardi. Shuning uchun ham yetakchini ardoqlash masalasi Vatanni himoya qilish bilan uzviy bogʻliq ekanini anglash zamon fursatidir. Bu nafaqat siyosiy, balki maʼnaviy burch hamdir. Chunki kimning xalqqa yuragi ogʻrigan boʻlsa, xalq ham uning shaʼnini asrab, maʼnaviy rizqini qadrlaydi.
Shundan kelib chiqib anglamogʻimiz lo zimki, bugungi umummilliy vazifamiz — gʻoyamizni mushtarak qilish, orzularimiz ni birlashtirish, Prezidentimizga yuksak ishonch bilan yelkadosh boʻlishdir. Chunki Yangi Oʻzbekiston orzusiga kuchli yetakchi ning qudratli davlat sari tashlangan qut lugʻ qadamlari bilan yetib boramiz.
Bu orzuda sizning fidoyiligingiz, far zandlarimizning baxtli kelajagi bor. Bu orzu bir xalqning qaytadan yuksalishga in tilishi, maʼnaviy ulugʻvorlikka qadam tash lashi va tarix yaratishga tayyor ekanining isbotidir
Nuriddin NORMATOV,
yuridik fanlar doktori, professor